23/12/2019

2019-yil 19-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida hududiy statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi boshliqlari ishtirokida oquv-seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-seminarida 2019-yil davomida qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘yicha davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturida belgilangan ishlarning bajarilishi, hisobotlarni qabul qilish, ma'lumotlarni umumlashtirish, tahlil qilishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, 2020-yil uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi sohasidagi davlat statistika hisobotlari, tanlanma kuzatuv so‘rovnomalari va statistika ishlarini ishlab-chiqarish dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar va boshqa tegishli masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘risida"gi PF-5853-son farmoniga asosan qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Hududiy statistika boshqarmalari Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limlari boshliqlarining 2019-yilda davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturiga muvofiq amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

O‘quv-seminarida davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturida belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Axborot xizmati