Yurtimizda 2019-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi.
Saylov jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari ham faol ishtirok etib, o‘zi munosib ko‘rgan, ertangi kunimizni, yorqin hayotimiz va farovon turmushimizni ta'minlash yo‘lida xalqchil qonunlarni yaratilishida xizmat ko‘rsatishga qodir bo‘lgan nomzodlarga ovoz berdi.
Aytish joizki, bu yilgi saylovlar o‘zgacha ruxa o‘tdi. 5 ta siyosiy partiyaning ishtirok etgani, ular o‘rtasida raqobatning kuchaygani va xalqimizning bu jarayonga befarq emasligi ham buni ko‘rsatib turdi.
Xalqimiz o‘z huquqidan foydalanib, o‘zi tanlagan, o‘zi munosib bilgan nomzod uchun ovoz berdi. Saylovlarda siyosiy partiyalar, har bir fuqaroning ochiq va teng huquqli ishtiroki ta'minlandi. Saylovchilar uchun umume'tirof etilgan xalqaro huquq normalari va tamoyillariga mos sharoitlar yaratildi.
Axborot xizmati