2019-yil 19-dekabr kuni Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi huzuridagi Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr institutida hududiy statistika boshqarmalarining investitsiya va qurilish statistikasi bo‘lim boshliqlari uchun “Hududiy statistika organlarining 2019-yildagi faoliyati natijalari va 2020-yil uchun ustuvor yo‘nalishlar, statistik va tahliliy materiallarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, hisobot va ijro intizomini ta'minlash bo‘yicha davlat statistika organlarining vazifalari” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
O‘quv seminarida investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi boshliqlarining 2019-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi. Faoliyat davomida yuzaga kelayotgan mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo`yicha taklif va mulohazalar ko`rib chiqildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “2019-yil uchun investitsiya va infratuzilmaviy loyihalar ro`yhatini tasdiqlash to`g`risida”gi PQ-4067-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, tadbir davomida 2020-yil uchun davlat statistika hisobotlari shakllariga kiritilgan o‘zgartirishlar va hisobotlarni to‘ldirish bo‘yicha uslubiy tushuntirishlar berib o‘tildi. Birlamchi statistik ma’lumotlar sifatini va belgilangan muddatlarda taqdim etilishini ta’minlash maqsadida hisobot topshiruvchilarga tegishli tavsiyalarni o‘z vaqtida yetkazish kerakligi ta’kidlandi.
O‘quv seminari yakunida investitsiya va qurilish statistikasi hududiy bo‘limlari tomonidan tayyorlanayotgan tahliliy ma‘lumot va press-relizlar sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilib, mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.
Axborot xizmati