Joriy yil 20-dekabr kuni Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi huzuridagi Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr institutida “Hududiy statistika organlarining 2019-yildagi faoliyati natijalari va 2020-yil uchun ustuvor yo‘nalishlar, statistik va tahliliy materiallarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, hisobot va ijro intizomini ta'minlash bo‘yicha davlat statistika organlarining vazifalari” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Tadbirda Yig‘ma axborot ishlari boshqarmasi, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi, Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi, Axborot xizmati vakillari va hududiy statistika boshqarmalarining bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Seminar davomida hududiy statistika boshqarmalari hamda shahar va tuman statistika bo‘limlari tomonidan hududlardagi tegishli davlat organlarini statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash, statistik byulletenlarni tarqatish ishlarni amalga oshirish holati bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, o‘quv-seminarda choraklik davrida shakllantiriladigan “Hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati” statistik axborotnomasi sifatini oshirish, undagi statistik ko‘rsatkichlarni qayta ko‘rib chiqish va tahliliy ma’lumotlarni aks ettirgan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritish hamda ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkrolik qilish masalalari seminar muhokama qilinib, kelgusi yilda amalaga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Axborot xizmati