2019-yil 20-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida shu yil 26-noyabrdan 6-dekabrgacha Koreya Respublikasida "O‘zbekistonning yuqori boshqaruv kadrlarida yetakchilik salohiyatini oshirish" mavzusida o‘tkazilgan o‘quv kursi bo‘yicha taqdimot tashkil etildi. Unda hududiy boshqarmalarning kadrlar bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi.
Taqdimotda Davlat statistika qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi boshlig'i Zulxumor Tolipova xizmat safari natijalari va taassurotlari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Tadbir davomida Zulxumor Tolipova Koreyadagi o‘quv kursida o‘zlashtirgan bilim va tajribalari bilan haqida gapirar ekan, mamlakat rivojida kadrlar salohiyatining ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, xorijda tashkil etilgan o‘quv kursi doirasida kadrlar salohiyatiga doir muhokama qilingan qator masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Taqdimot yakunida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati