Joriy yil 19-dekabr kuni Qirg'iz Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi delegatsiyasi o'z ishini yakunladi. 18–19-dekabr kunlari tashkil etilgan tadbirlarda O'zbekistonda davlat statistika ishlari dasturi qiymatini hisoblash metodikasi bo'yicha fikr-mulohaza almashildi.
O'tkazilgan uchrashuvlar davomida delegatsiya a’zolari, Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi, Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti xodimlari statistik ishlarni amalga oshirishning murakkab tomonlarini turli faktorlar asosida tahlil qilish bo‘yicha so‘z yuritdi. Shuningdek, mazkur tahlillar asosida Davlat statistika qo'mitasida xodimlarning mehnat intensivligining me'yoriy koeffitsientlarini ishlab chiqish haqida batafsil ma'lumot berildi.
Tadbirlarda delegatsiya a’zolarini davlat statistika ishlari dasturi qiymatini hisoblash metodikasi bilan tanishtirish maqsadida taqdimotlar o'tkazildi.
Mehmonlar tarmoqlar bo'yicha hisoblash ko'rsatkichlari metodologiyasi bilan ham tanishdi. Bundan tashqari, tomonlar davlat statistika ishlari dasturini kelishish tartibini muhokama qildi.
Tomonlar uchrashuv yakunlari bo'yicha ikki davlat milliy statistikasini takomillashtirish bo'yicha kelgusida ham hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlarga erishdi.
Axborot xizmati