20/12/2019

Joriy yilning 17-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida  hududiy statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi  bo‘limi boshliqlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda hududiy statistika boshqarmalarining joriy yildagi ish faoliyati sarhisob qilinib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama etildi.

Shu bilan bir qatorda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi mutaxassislari 2020-yilda taqdim etiladigan davlat statistika hisobotlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma'lumot berib, ularni to‘ldirish bo‘yicha tushuncha berdi. Bundan tashqari, statistik, tahliliy materiallarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash hamda hisobot va ijro intizomini ta'minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida davlat statistika organlarining ijtimoiy soha statistikasi bo‘yicha 2020-yil uchun bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

         Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech