20/12/2019

Shu yil 19-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2019-yil 9–11-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi milliy statistikani takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan seminar bo‘yicha taqdimot tashkil etildi.

Tadbirda Xizmatlar, transport va axborot infratuzilmasi sohasida tizimli statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i Alisher Raximov xizmat safari natijalari va taassurotlari bo‘yicha so‘z yuritdi.

Tadbir davomida A.Raximov Bangkokdagi seminarda ishtirok  etgan davlatlar va ularning ish tajribasi, mavzu bo‘yicha ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha batafsil ma'lumot berdi.

Shuningdek qochoqlar (qochqinlar va ko‘chmanchilar) statistikasini yuritish butun dunyoda muhim ahamiyat kasb etayotgani va bu borada jahon hamjamiyati tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tdi.

Taqdimot yakunida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Axborot xizmati