2019-yil 19-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Milliy hisoblar tizimi – makroiqtisodiy tahlil asosi” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, i.f.d., professor B.G‘oyibnazarov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – milliy hisoblar tizimida iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bilan seminar ishtirokchilarini yaqindan tanishtirish.
Seminar davomida iqtisodiy faoliyat turlari tasniflanishi, globallashuv omillari va milliy hisoblarga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatuvchi unsurlar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, Milliy hisoblar tizimi – 2008 xalqaro standartiga o‘tishning o‘ziga xos jihatlari batafsil muhokama qilindi.
Axborot xizmati