19/12/2019

18-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi, Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorligida "Davlat sektorida ma'lumotlarni boshqarish" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

Seminarda yurtimizdagi turli vazirlik va idoralar, bank hamda boshqa tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultonov so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Seminar nazariy va amaliy qismda tashkil etilib, quyidagi masalalarda muhokamalar tashkil etildi:

  • Ma'lumotlarning sifatiga qanday omillar ta'sir qiladi?
  • Foydalanuvchilarning qaysi ma'lumoti tez-tez so'raladi?
  • Ma'lumot berishdan voz kechish nima uchun mumkin?
  • Kadrlar tayyorlash, malakali xodimlarning yetishmasligi, ma'lumotlar bilan ishlashni tushunish.
  • Ma'lumotlar bilan ishlashning texnik jihatlari.
  • Ma'lumotlar bilan ishlash va boshqa idoralar bilan ma'lumot almashish infratuzilmasi.

Shuningdek, biznes, tadqiqot va ijtimoiy innovatsiyalar uchun ochiq ma'lumotlar bo'yicha seminar ishtirokchilaridan kelib tushgan masalalar muhokama qilindi. Ochiq ma'lumotlar bilan ishlash va O'zbekiston ochiq ma'lumotlar portali xodimlarining davlat ma'lumotlari bilan ishlash bo'yicha rejalashtirgan ishlari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Axborot xizmati