2019-yilning 18-dekabr kuni Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi huzuridagi Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr institutida hududiy statistika boshqarmalarining xizmatlar sohasi statistikasi bo‘lim boshliqlari ishtirokida “Hududiy statistika organlarining 2019-yildagi faoliyati natijalari va 2020-yil uchun ustuvor yo‘nalishlar, statistik va tahliliy materiallarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, hisobot va ijro intizomini ta'minlash bo‘yicha davlat statistika organlarining vazifalari” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
O‘quv seminarida xizamatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshliqlarining 2019-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi. Faoliyat davomida yuzaga kelayotgan mavjud kamchiliklar muhokama qilinib o‘zaro tajribalar almashildi.
O‘quv seminarda Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash, elektron hisobotlar qabul qilinishi va tanlanma kuzatuvlar qamrovi hamda ma'lumotlar sifatiga jiddiy e'tibor qaratish, bu borada shaxsiy mas'uliyatni yanada oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida 2020-yil uchun davlat statistika hisobotlari shakllariga kiritilgan o‘zgartirishlar va hisobotlarni to‘ldirish bo‘yicha uslubiy tushuntirishlar berilib o‘tildi. Birlamchi statistik ma’lumotlar sifatini va belgilangan muddatida taqdim etilishini ta’minlash maqsadida hisobot topshiruvchilarga tegishli tavsiyalarni o‘z vaqtida yetkazish kerakligi ta’kidlandi.
Xizmatlar sohasi statistikasi hududiy bo‘limlari tomonidan tayyorlanayotgan tahliliy ma‘lumotlar va press-lerizlar sifatini hamda jozibadorligini oshirish bo‘yicha tavsiya va tushuntirishlar berildi.
O‘quv seminari yakunida, davlat statistika hisobotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda jismoniy shaxslarning kuzatuvi so‘rovnomalari ma’umotlarini umumlashtirish, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha ko‘rsatma va amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi.
Axborot xizmati