2019-yilning 17-dekabr kuni Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi huzuridagi Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr institutida hududiy statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish bo‘limi boshliqlari uchun «2019-yildagi faoliyati natijalari va 2020-yilga ustuvor yo‘nalishlar, statistik va tahliliy materiallarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, ijro intizomini ta'minlash bo‘yicha davlat statistika organlarining vazifalari» mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5739-son Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, tadbirda davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash, me’yoriy-huquqiy ma'lumotlarni to‘g‘ri kiritish va sifatiga jiddiy e'tibor qaratish, bu borada shaxsiy mas'uliyatni yanada oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
O‘quv seminari yakunida Statistik registrlarni yuritish bo‘limi faoliyatining tashkiliy masalalari yuzasidan ishtirokchilar fikr-mulohaza almashdi, vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish lozimligi ta'kidlandi.
Axborot xizmati