2019-yil 18-dekabr kuni Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi huzuridagi Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr institutida hududiy statistika boshqarmalarining Demografiya
va mehnat statistikasi bo`limi boshliqlari uchun o`quv-seminari tashkil etildi.
“2019-yilda davlat statistika ishlari dasturining ijrosi monitoringi natijalari, 2020-yilda faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari, statistik axborotlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash” mavzusida o`tkazilgan tadbirda qo`mita va hududiy statistika boshqarmalarida demografiya va mehnat statistikasi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar holati, mazkur soha bo`yicha ma`lumotlarni shakllantirishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yo`llari muhokama qilindi. Shuningdek, hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining malakasi va shaxsiy mas`uliyatini yanada oshirish masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi.
O`quv-seminari davomida 2020-yilda demografiya va mehnat statistikasi bo`limlari faoliyatining ustuvor yo`nalishlari, statistik va tahliliy material, press-relizlarni o`z vaqtida va sifatli tayyorlash, hisobot va ijro intizomini ta`minlash, sohani rivojlantirish bo`yicha ishlarni takomillashtirish hamda bo`lim faoliyatiga tegishli bo`lgan qator qo`shimcha vazifalar belgilab olindi.
Axborot xizmati