07/11/2019 • 2019
Davlat statistika qo‘mitasida Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i U.Obidov 2019-yil 21-oktabr–1-noyabr kunlari Avstriyaning Vеna shahridagi Birlashgan Vеna institutida Xalqaro valyuta fondi tomonidan tashkil qilingan “Moliyaviy dasturlashtirish va siyosat” mavzusidagi o‘quv kursi taassurotlari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
07/11/2019 • 2019
Joriy yil 5-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 29–31-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahrida Jinoyat va odil sudlov statistikasi bo‘yicha uchinchi mintaqaviy yig‘ilish natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
06/11/2019 • 2019
Davlat statistika qomitasida shu yil 10–30-oktabr kunlari Xitoyning Pekin shahrida Xalqaro biznes rasmiylari akademiyasi (AIBO) tomonidan “Rivojlanayotgan davlatlar uchun 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish dasturini amalga oshirish va qashshoqlikni kamaytirish” mavzusida tashkil etilgan seminar yakunlariga bag'ishlangan taqdimot bo'lib o'tdi.
06/11/2019 • 2019
2019-yil 6-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Muloqotning muhim ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusida ma’naviyat soati tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
06/11/2019 • 2019
Ma'lumot (narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo olinadi, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi)
06/11/2019 • 2019
Davlat statistika qo‘mitasida 2019-yil 28–31-oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa bo‘yicha iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan migratsiya statistikasi bo‘yicha seminar natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
06/11/2019 • 2019
O'zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portali data.gov.uz va Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti stat.uz ochiq ma'lumotlar Instituti (Open Data Institute, ODI) baholashi bo'yicha kumush darajaga yetdi
2019-yil 29-31-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahrida Jinoyat va odil sudlov statistikasi bo'yicha uchinchi mintaqaviy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Notijorat tashkilotlari faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo`limi boshlig‘i Xayrulla Xasanov ishtirok etdi.
Joriy yil 4-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 28–29-oktabr kunlarida Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan tashkil etilgan “Ekologik statistika va ko‘rsatkichlar bo‘yicha qo‘shma maqsadli guruhlarning 16-sessiyasi” natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
2019-yil 31-oktabrdan 2-noyabrgacha Davlat statistika qo'mitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (UNICEF) hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 625-sonli "2020–2021-yillarda O'zbekiston Respublikasida ko'p ko'rsatkichli klasterli tadqiqotlar o'tkazish to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida qo'shma seminar tashkil etdi.
05/11/2019 • 2019
2019-yilning 28–31-oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida bo`lib o`tgan migratsiya statistikasi bo‘yicha seminar va ishchi sessiyada Davlat statistika qo`mitasi Demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Dusnayev ishtirok etdi.
04/11/2019 • 2019
2019-yil 21-oktabrdan 1-noyabrgacha Avstriyaning Vеna shahridagi Birlashgan Vеna institutida “Moliyaviy dasturlashtirish va siyosat” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi.
2019-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasida Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmati delegatsiyasi vakillari seminar o‘tkazdi.
2019-yil 10–30-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida rivojlanayotgan davlatlarda “Barqaror rivojlanish – 2030” doirasida kambag‘allikni kamaytirish mavzusida seminar bo`lib o`tdi.
2019-yilning 21-oktyabridan 1-noyabrigacha Davlat statistika qo‘mitasida Osiyo taraqqiyot banki ishchi guruhining ekspertlari bilan “Salohiyat va bilimlarni oshirish (KSTA) 9356-REG (Rivojlanish uchun ma’lumotlar)” nomli texnik ko‘mak loyihasi doirasida samarali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
01/11/2019 • 2019
2019 yilning 28-29 oktyabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida ekologik statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha qo‘shma Ishchi guruhining 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2019-yil 1-noyabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olish tartibi va uni o`tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi. Unda Davlat statistika qo`mitasi rahbariyati, markaziy apparat tarmoq boshqarmalari boshliqlari, o`qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
2019 yilning oktabrida o‘rtacha iste’mol narxlari darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 1,5 %ni tashkil etdi.
9-sahifa 34 dan