14/03/2020

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida barcha hududlar, qishloqlar, tashkilot va muassasalarda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

 

Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizda ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor.

Shu munosabat bilan Davlat statistika qo‘mitasida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Erta tongdan ahil jamoa a’lo kayfiyatda va hamjihatlikda hashar ishlariga faol qatnashdi.

Axborot xizmati