12/03/2020

2020-yil 12-mart  kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Tuzilmaviy o‘rtacha miqdorlar va variatsiya ko’rsatkichlari tahlili” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti Ijtimoiy muammolar bo‘yicha statistika tadqiqotlari bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.A.Nuriddinov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – yurtimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichlarni baholashda foydalaniladigan tuzilmaviy o‘rtacha miqdorlarning statistik ahamiyati bilan seminar ishtirokchilarini yaqindan tanishtirish.

Seminar davomida tuzilmaviy o‘rtacha miqdorlarning tasniflanishi, har bir o‘rtacha miqdorning o‘ziga xos xususiyatlari hamda amaliyotda qo‘llanilishi borasida fikr almashildi.

Shuningdek, statistika amaliyotida o‘rtacha miqdorlar usulini qo‘llash borasida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari batafsil muhokama qilindi.

Axborot xizmati