2020-yil 11-mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Shaxsning muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi” mavzusida navbatdagi ma’naviyat soati tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirga Toshkent moliya instituti "Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi katta o‘qituvchisi Xolyigitova Nasiba Xabibullayevna taklif etildi. U mavzu yuzasidan batafsil so‘z yuritdi.
Ma’naviyat soatini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – ish jarayonini tashkil etishda samarali usullardan foydalanish, kadrlar salohiyatini oshirishning ilg‘ol metodlari, rahbar kadrlar ish uslubi va boshqarish qobiliyatini takomillashtirishga ko’maklashishdan iborat.
Ma’naviyat soati davomida shaxsning muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi, nizolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, rahbar shaxsi psixologiyasi, liderlik va uning o‘ziga xos xususiyatlari, gender tenglik va hayot, boshqaruv muomalasi va uning psixologiyasi mexanizmlari haqida ma'lumot berildi.
Shuningdek, shaxsga psixologik ta'sir ko‘rsatish usullari, kadrlarning muhim shaxsiy-kasbiy sifatlari, boshqarishning kadrlar tizimi, zamonaviy boshqaruvda inson omilining roli, qaror qabul qilishning psixologik darajalari borasida ham fikr-mulohaza bildirildi.
Ishni samarali tashkil etishda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, bo‘sh vaqtni mazmunli va maroqli o‘tkazish, amalga oshiriladigan ishlar rejasini aniq va mukammal tuzish kabi masalalarda ham so‘z yuritildi.
Tadbir so‘nggida xodimlarni qiziqtirgan savollariga hayotiy misollar asosida batafsil javob berildi.
Axborot xizmati