11/03/2020

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida
2022-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri targ‘iboti va axborot materiallarida asosiy indentifikator sifatida foydalaniladigan zamonaviy, original va oson taniladigan eng yaxshi logotip va shior uchun tanlov e'lon qiladi.

            Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

Tanlovda fuqaroligidan qat'iy nazar 16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, professional reklama kompaniyalari va agentliklar vakillari o‘z takliflarini taqdim etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi ma'lumot va hujjatlarni taqdim etish lozim:

belgilangan namunadagi ariza

– tanlovga taqdim etiladigan loyihalarning qisqacha tavsifi;

– loyihalarning elektron shakli (logotip: logotip-TIFF, PSD yoki JPEG 1500 px shior: word hamda JPEG 1500 px formatida).

            Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar tanlovning rasmiy elektron pochtasi Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її. ga yuborilishi kerak.

Loyihalarni o‘rganish mezonlari:

  • g‘oyaning o‘ziga xosligi va yangiligi;
  • loyihaning aholini ro‘yxatga olish tadbiri maqsadiga muvofiqligi;
  • O‘zbekiston aholisi, shuningdek, dunyoning boshqa davlatlari uchun g‘oyaning aniq- ravshanligi va jozibadorligi;
  • loyihani potensiali (tarixiy, madaniy, tabiiy, xalqaro standartlarga va boshqalar bilan birlashtirilishi);
  • ijro estetikasi.

Loyihalar tanlov ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi va eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi. Tanlovda g‘olib deb topilgan loyiha mualliflari taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha takliflar 2020-yil 30-martiga qadar qabul qilinadi.

Tanlov natijasi 2020-yil aprel oyining birinchi o‘n kunligida e'lon qilinadi.

Tanlov nizomi

Ma'lumot uchun: Telefon: +99871 230 80 63.

Elektron pochta manzili: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.