Joriy yilning 9-mart kuni Davlat statistika qo'mitasida Osiyo taraqqiyot banki missiyasi vakillari bilan tadbir tashkil etildi.
Uchrashuvda Davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari Zohidjan Ziyayev axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi borasida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shu yil 20-mart kungacha davom etadigan mazkur tadbirda Osiyo taraqqiyot banki missiyasi rivojlanish ma'lumotlari, resurslar jadvallarini tuzish va ulardan foydalanish, xarajatlar jadvali, turizmning yordamchi hisobi bo'yicha ma'lumotlarni chiqarish, baholash bo'yicha texnik ko'mak berish kabi masalalar bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
Missiyaning asosiy maqsadi – tuzish va tahlil qilish bo'yicha treninglar o'tkazish, shuningdek, O'zbekiston uchun turizmning yordamchi hisobini tuzish usulini qayta ko'rib chiqishdan iborat.
Tadbir davomida tomonlar davlat statistika qo'mitasining kengaytirilgan veb-sayti va korxonalarning statistik ro'yxatga olish tizimining beta-versiyasini joylashtirish bo'yicha fikr-mulohaza almashdi. Shuningdek, milliy hisob-kitoblar tizimini yaratish, turizm statistikasi va hisobini tuzish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda missiya maqsadlari, ularga erishish yo'llari borasida taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati