Joriy yilning 6-mart kuni viloyat statistika boshqarmasida Namangan Muhandislik qurilish instituti talabalariga ochiq dars o‘tkazildi.
Tadbirda boshqarmaning tarmoq bo'limlari boshliqlari va mutaxassislari tomonidan viloyatda statistika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, statistika axborotlarining haqqoniyligi va shaffofligini ta‘minlash to‘g‘risida talabalarga tushuncha berildi.
Shundan so‘ng, statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar, narx statistikasi, qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi, ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi boshliqlari va mutaxassislari sohaga oid qo‘shimcha ma‘lumotlar berdi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qildi. Berilgan savol va takliflarga tarmoq bo‘limlari tomonidan batafsil javob berildi.
Axborot xizmati