Joriy yilning 6-mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida markaziy apparat yosh xodimlari uchun “International Open Data Day” doirasida “Open Data Day Tashkent – 2020” mavzusida seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbir davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlandi.
Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, Open Data Day – Xalqaro Ochiq ma'lumotlar kuni (International Open Data Day) tashabbusining bir qismi bo‘lib, davlat organlari, biznes, notijorat tashkilotlari va jamiyat hayotining boshqa ishtirokchilari faoliyatida ochiq ma'lumotlar konsepsiyasi va axborot shaffofligini amalga oshirishga yordam beradi.
Ochiq ma'lumotlar kuni sharafiga butun dunyoda turli uchrashuvlar, ma'ruzalar va hakatonlar o‘tkaziladi. 2015-yildan boshlab Open Knowledge Foundation ochiq ma'lumotlar dunyosining boshqa nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda dunyo miqyosidagi voqealarni qo‘llab-quvvatlash uchun mini-grantlarni taklif etadi.
Mazkur tadbir doirasida Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari “Open Data Day Tashkent – 2020” tadbiriga bag‘ishlangan taqdimot qilishdi.
Seminarda:
- Atrof-muhit to‘g‘risida ma'lumotlar;
- Davlat pul oqimlarini kuzatish;
- Ochiq xaritalash;
- Teng rivojlanish uchun ma'lumotlar;
Shuningdek, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Axborot xizmati