05/03/2020

2020-yil 5-mart  kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Aholi turmush darajasi statistikasi tahlili” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Toshkent moliya instituti professori Xo‘jaqulov Hayitmurod Javliyevich mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularning iqtisodiy ahamiyati bilan seminar ishtirokchilarini yaqindan tanishtirish.

Seminar davomida inson salohiyati rivojlanishi indeksining aholi demografik xususiyatlari, aholi daromadlari va xarajatlari mutanosibligi, daromadlarning tabaqalanishi, kambag‘allik darajasi va uning chegarasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga  bevosita bog‘liqligi va ushbu ko‘rsatkichlarni yaxshilash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida fikr almashildi.

Shuningdek, yurtimizda aholi turmush darajasini yaxshilash  ва kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarining ahamiyati haqida fikr-mulohaza yuritildi.

 

Axborot xizmati