Joriy yilning 28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘tkazildi. Majlisda O'zbekiston Respublikasining “Aholini ro'yxatga olish to'g'risida”gi qonuni ham ko‘rib chiqilib, senatorlar tomonidan ma'qullandi.
“Aholini ro'yxatga olish to'g'risida”gi qonunda aholini ro'yxatga olish, aholi sonini ishonchli hisoblash, shuningdek, aniq belgilab qo'yilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlashga oid jihatlar aks ettirilgan.
Mazkur qonun aholi salomatligini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko'rsatish bo'yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda me'yoriy-huquqiy asos bo‘ladi.
Axborot xizmati