01/03/2020

2019-yilning 23-avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.

Mazkur yig‘ilish bayoniga muvofiq vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyatlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, sektor rahbarlarining maktablarni otaliqqa olish ro‘yxati va ularning o‘quv muassasalariga tashriflari rejasi tasdiqlangan.

Ushbu belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va tasdiqlangan rejaga ko‘ra, Davlat statistika qo‘mitasi Raisining o`rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-maktabga mas’ul etib belgilangan.

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi Raisi o`rinbosarining vakillari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-maktabda davra suhbati tashkil etdi. Tadbirda o‘quvchilarga hozirgi kunda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishlarini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar borasida tushuncha berildi.

Shuningdek tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Davlat statistika qo‘mitasining mas’ul xodimlari o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

Qo‘mita tomonidan maktab kutubxonasiga O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aks ettirilgan 10 turdagi statistik to‘plamlar taqdim etildi.

 

Axborot xizmati