Joriy yilning 28-fevral kuni Namangan viloyati Norin tumanida Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjanovich boshchiligida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Ushbu sayyor qabulda Norin tuman hokimi D.Kadirov, Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig`i S.Melixujayev, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Holiqov hamda boshqarmaning tarmoq va shahar, tuman statistika bo‘lim boshliqlari, shuningdek Norin tumanida faoliyat yuritib kelayotgan korxona va tashkilotlarning vakillari hamda jismoniy shaxslar ishtirok etdi.
Yig’ilish qatnashchilariga statistika tizimiga oid yangiliklar haqida, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O`zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish konseptsiyasini tasdiqlash to`grisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan ma’lumot berib o‘tildi.
Bundan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida qonuniy, adolatli, xolis va to`laqonli hal etish har bir rahbar va xodimning burchi va vazifasi ekanligi eslatib o‘tildi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan berilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, muddat talab etiladigan murojaatlar bo`yicha mas`ullar biriktirilib, belgilangan muddatda ijrosini ta`minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.
Axborot xizmati