2020-yil 28-fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuni yuzasidan seminar tashkil etildi.
Tadbirda qo‘mita markaziy apparati va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda qo‘mita markaziy apparati mutaxassislari hamda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining bosh yuristkonsulti Feruz Qodirov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to`g`risida” gi qonun mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, qonundagi o‘zgarishlar va ularning iqtisodiy ahamiyati haqida fikr-mulohaza almashishdan iborat.
Seminar davomida investitsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati haqida so‘z yuritilib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Axborot xizmati