27/02/2020

2020-yil 27-fevral  kuni Davlat statistika qo‘mitasida “2020-yil uchun belgilangan soliq tizimi va uning statistik tahlili” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik  tadqiqotlar instituti Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar kafedrasi katta o’qituvchisi Qodirqulov Oybek Turdiboyevich mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – 2020-yil uchun belgilangan soliq tizimi, soliqlar va soliq qonunchiligida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar hamda ularning iqtisodiy ahamiyati bilan seminar ishtirokchilarini yaqindan tanishtirishdan iborat.

Seminar davomida 2020-yilga mo‘ljallangan Davlat byudjeti parametrlari, byudjet-soliq tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar, hamda istiqbolda kutilayotgan natijalar borasida fikr almashildi.

Shuningdek, yurtimizda tadbirkorlik va biznesni  rivojlantirish hamda  yashirin iqtisodiyotning ulushini kamaytirishda  soliq islohotlarining ahamiyati haqida fikr almashildi.

Axborot xizmati