Joriy yilning 25-fevral kuni Davlat statistika qo'mitasida shu yil 17–21-fevral kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida tashkil etilgan “Iqtisodiy siyosatni monitoring qilishda energetika statistikasi” mavzusidagi seminar yakunlari bo‘yicha taqdimot o'tkazildi.
Taqdimot davomida Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbalari statistikasi va energosamaradorlik hisob-kitoblar sho`basi mudiri Adham Abdullayev seminardan olgan bilim
va ko’nikmalari haqida ma’lumot berdi.
Jumladan, energiya sohasida statistik ma'lumotlarni ishlab chiqarish, energiya balansini joriy etish va undan foydalanish muammolarini o'rganish va aniqlash, vazirlik va idoralar o'rtasida milliy darajada energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha xorijda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir yakunida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Axborot xizmati