2020-yilning 17–21-fevral kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida Xalqaro energiya agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Yevropa Iqtisodiy komissiyasi hamkorligida “Iqtisodiy siyosatni monitoring qilishda energetika statistikasi” bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbalari statistikasi va energosamaradorlik hisob-kitoblar sho‘basi mudiri Adham Abdullayev ishtirok etdi.
Ushbu seminarda Xalqaro energiya agentligi vakillari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Yevropa Iqtisodiy komissiyasi ekspertlari hamda Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Ukraina, Qirg‘iz, Moldova, Tojikiston, Gruziya davlatlarining statistika idoralari mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbirda energiya sohasida statistik ma'lumotlarni ishlab chiqarish, energiya balansini joriy etish hamda undan foydalanish muammolarini aniqlash va bartaraf etish, vazirlik va idoralar o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasida so‘z yuritildi.
Shuningdek, ishtirokchilar xalqaro so‘rovnomalarni to‘ldirish bo‘yicha olingan bilimni amaliyotda qo‘llash va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘llarini o‘rganish yuzasidan fikr-mulohaza almashdi.
Axborot xizmati