Joriy yilning 24-fevral kuni Davlat statistika qo'mitasida shu yil 17–18-fevral kunlari Avstriyaning Vena shahrida tashkil etilgan "Innovatsiya, oshkoralik va raqamlashtirish orqali korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish orqali Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) mintaqasida xavfsizlik, barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta'minlash" mavzusidagi 28-iqtisodiy va ekologik forumining birinchi tayyorgarlik yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha taqdimot o'tkazildi.
Taqdimot davomida Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultonov forumda ko‘tarilgan masalalar haqida ma’lumot berdi.
Jumladan, raqamlashtirish va transparentlikni oshirish asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi, "Open Data" ochiq ma'lumotlari va "Elektron hukumat"ni rivojlantirish bo‘yicha xorijda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir yakunida mavzu yuzasidan ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.
Axborot xizmati