20/02/2020

2020-yilning 17–18-fevral kunlari Avstriyaning Vena shahrida "Innovatsiya, oshkoralik va raqamlashtirish orqali korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish orqali Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) mintaqasida xavfsizlik, barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta'minlash" mavzusida 28-iqtisodiy va ekologik forumining birinchi tayyorgarlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

YXHT tomonidan tashkil etilgan ushbu forumning asosiy maqsadi – siyosiy muloqotni kuchaytirish va YXHT ishtirokchi davlatlari uchun iqtisodiy va ekologik masalalarni hal etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Har yili mazkur tadbirda YXHT ishtirokchi mamlakatlarining davlat hokimiyati organlari, fuqarolik jamiyati, ishbilarmon doiralar va xalqaro tashkilotlarning 400 dan ortiq vakillari ishtirok etadi.

Ushbu yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistitika qo‘mitasidan Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultonov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda quydagi masalalar ko‘rib chiqildi:

  • Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishdagi muammo va imkoniyatlar;
  • Raqamlashtirish va oshkoralikni oshirish orqali korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shuningdek, “Open Data” ochiq ma'lumotlari va elektron hukumatni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar;
  • Mulk deklaratsiyalari orqali oshkoralikni oshirish va maqsadli yondashuvlaridan foydalanish;
  • Shaffoflik va ilg‘or inovatsiyalar orqali ekologiya sohasida boshqaruvni takomillashtirish hamda  korrupsiyaga qarshi kurashish.

Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki hamda O‘zbekistonda ochiq ma'lumotlar ekotizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar YXHTning O‘zbekiston Respublikasidagi loyiha koordinatori tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Axborot xizmati