Joriy yilning 21-fevral kuni poytaxtimizdagi Wyndham mehmonxonasida Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati va UNFPAning O‘zbekistondagi vakillari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish masalasi bo‘yicha ushrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvni Davlat statistika qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari M.Ziyadullayev ochib berdi.
Tadbirda Belarus Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi eksperti Nataliya Stankevich aholini ro‘yhatga olish bo‘yicha Belarus tajribasi haqida so‘z yuritdi. Xususan, aholini ro‘yxatga olish xaritasini ishlab chiqish, so‘rovnoma va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash, fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha ma’lumot berdi.
Uchrashuv so‘nggida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar belgilab olindi.
Axborot xizmati