2020-yil 20-fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning innovatsion texnologiyalari samaradorligini oshirish yo‘llari va ularni statistik baholash” mavzusida metodologik seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri, i.f.d, akademik Saidaxror G‘ulomov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari va amalga oshirilayotgan islohotlar bilan seminar ishtirokchilarini yaqindan tanishtirish.
Seminar davomida raqamli iqtisodiyotning infratuzilmasi va uning platformalari, elektron tijorat hamda ilg‘or raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotdagi roli borasida fikr almashildi.
Shuningdek, bugungi kunda rivojlangan raqamli “blockchain” texnologiyalari, 3-D print, uchuvchisiz qurilmalar va sun’iy intellektlarning iqtisodiy ahamiyati hamda ulardan statistik ma’lumotlarning sifatini oshirishda foydalanish masalalari haqida fikr-mulohaza bildirildi.
Axborot xizmati