Joriy yilning 17–18-fevral kuni Qarshi shahridagi Boshoqli don urug`chiligi ilmiy tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminarda Qashqadaryo va Surxondaryo statistika boshqarmalarining Turmush darajasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshliqlari hamda barcha intervyuerlar ishtirok etdi.
Mazkur tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – qarorda belgilangan islohotlarni amaliyotga keng joriy etish, yurtimiz aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish, shu bilan birga uy xo‘jaliklarida tanlama kuzatuvlar o‘tkazishni xalqaro standartlarga moslashtirishdan iborat.
Seminarda 2020-yil davomida sinov tariqasida uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlarini elektron qurilma (planshet)lar yordamida o‘tkazish va buning qulayliklarini aholiga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Soha mutaxassislari tadbiq etilayotgan yangi texnologiya va yo‘nalishlarning nazariy va amaliy jihatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati