19/02/2020

2020-yil 19-fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Taym-menejment – vaqtni boshqarishning oddiy usullari” mavzusida navbatdagi ma’naviyat soati tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirga Toshkent moliya instituti "Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi  katta o‘qituvchisi Abdumajidova Dildora Rahmatullayevna taklif etildi. U mavzu yuzasidan batafsil so‘z yuritdi.

Ma’naviyat soatini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – ish jarayonini tashkil etishda samarali usullardan foydalanish, kadrlar salohiyatini oshirishning ilg‘ol metodlari, rahbar kadrlar ish uslubi va boshqarish qobiliyatini takomillashtirishga ko’maklashishdan iborat.

Ma’naviyat soati davomida ishni samarali tashkil etishda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, bo‘sh vaqtni mazmunli va maroqli o‘tkazish, amalga oshiriladigan ishlar rejasini aniq va mukammal tuzish kabi masalalarda fikr-mulohaza almashildi.

 Tadbir so‘ngida xodimlarni qiziqtirgan savollarga hayotiy misollar asosida batafsil javob berildi.

Axborot xizmati