Joriy yilning 18-fevral kuni Jizzax viloyati Baxmal tumanida statistik axborotlarning dolzarbligi va ahamiyati, xo`jalik subyektlari tomonidan taqdim etilayotgan davlat statistika hisoboti ma’lumotlarining holati, hisobotlarni to`g`ri to`ldirish va haqqoniy taqdim etish masalalari bo‘yicha sayyor qabul o`tkazildi.
Tadbirda Davlat statistika qo`mitasi raisining o`rinbosari Z.Ziyayev, Baxmal tumani hokimining birinchi o`rinbosari M.Sharipov, investitsiya masalalari bo`yicha tuman hokimi o`rinbosari D.Umarov, iqtisodiyot va sanoat bo`limi boshlig`i Z.Kuliyev, Jizzax viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, hisobchilar, mahalla faollari, jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi.
Sayyor qabulda Davlat statistika qo`mitasi raisining o`rinbosari Zohidjon Ziyayev so‘z yuritib, statistik axborotlarning dolzarbligi va ahamiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, sayyor qabulda quyidagi masalalar ko`rib chiqildi:
- 1-KB shakli (yillik) davlat statistika hisobotini to`g`ri to`ldirish va taqdim etish tartibi yuzasidan taqdimot (bo`lim boshlig`i M.Usmanqulov).
- 1-FX shakli (yillik) davlat statistika hisobotini to`g`ri to`ldirish va taqdim etish tartibi yuzasidan taqdimot (bo`lim boshlig`i O.Uralov).
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5655-sonli Farmoni hamda 2022-yilda aholini ro`yxatga olish tadbiri mazmun-mohiyati yuzasidan taqdimot (boshqarma boshlig`i o`rinbosari Sh.Sharipov).
Yuqoridagi masalalar bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi. 1-KB (yillik) hisobotini soddalashtirish, ba’zi ma’lumotlarning hisobi korxona buxgalteriyasida yuritilmasligi, hisobot jo`natish jarayonidagi noqulayliklar, E-stat 3.0 dasturining murakkab tomonlari, uni soddalashtirish va yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Axborot xizmati