Davlat statistika qo‘mitasida Shveytsariyaning Jeneva shahrida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan shu yil 13–14-fevral kunlari tashkil etilgan xalqaro seminar natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimotda Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi Gafurova Azima Azamatovna xalqaro seminarda olgan bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Azima Gafurova taqdimot davomida ekologiya va iqtisodiy hisob tizimini joriy etish, Yevropada aylanma iqtisodiyotni o‘lchash hamda ekologik mahsulot va xizmatlar sektorini baholash, xalqaro tashkilot va milliy statistika xizmatlari vakillarining tajribalari haqida ma'lumot berdi.
Taqdimot so‘nggida mavzu bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi, o‘zlashtirilgan tajribalarni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati