17/02/2020

OzNome 5 yulduzli baholash mezoniga ko‘ra, Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti "Stat.uz" ma’lumotlari 4,47 ballni hamda O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portali – "Data.gov.uz" ma’lumotlari 3,34 ballni qayd etdi.

OzNome Avstraliyadagi ma’lumotlarni raqamli ko‘rinishda taqdim qilishni amalga oshirishda axborot ekotizimlarini takomillashtirish va bog‘lash uchun tashabbusdir. OzNome tadqiqotchilar, ishlab chiqarish va asosiy hamkorlar uchun o‘z-o‘zini baholashni tashkil qiladigan, ishonchli va qulay boshqariladigan ma'lumotlar ekotizimlari, usullari hamda vositalaridan foydalanish orqali samaradorlikning oshishini ta'minlaydigan tashabbusni taklif etadi.

Ushbu vositalardan biri 5 yulduzli ochiq ma'lumotlarni baholash vositasi bo‘lib, u ma'lumotlarning ijtimoiy, texnik va ma’lumotli atributlariga nisbatan o‘zini o‘zi baholash mezonini taqdim etadi. 5 yulduzli sxema maqsadi foydalanuvchilarga ba'zi ma'lumotlar yoki xizmatlarning mukammalligini tushunishga yordam berishdan iborat.

5 yulduzli ochiq ma'lumotlarni baholash vositasi foydalanuvchilarga ma'lumotlarning 5 sifati – topishda qulayligi, foydalanishda qulayligi, soddaligi, qayta ishlash imkoniyati mavjudligi va ishonchliligi asosida o‘zini o‘zi baholashni amalga oshirishga imkon beradi. Har bir sifat uchun foydalanuvchilarga o‘z ma'lumotlarining hozirgi holatini baholashga imkon beradigan bir qator aniq savollar ishlab chiqilgan.

Bunda qurilma tomonidan foydalanuvchilarga har bir sifat uchun 5 yulduzli reyting baholari berib boriladi. O‘z-o‘zini baholashni amalga oshirgan holda, foydalanuvchilar o‘zlarining ma'lumotlarini to‘plashni yaxshilash usullari va unga kirish imkoniyatlarini o‘rganishlari mumkin. Bu shaxslarga ma'lumotlarni to‘plash va nashr etish jarayonini takomillashtirishga aniq maqsadni beradi. http://oznome.csiro.au/5star/

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portalidagi ma'lumotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida, shu jumladan, mashina o‘qiydigan va boshqa formatlarda, faqat respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuqori tuzilmalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan e'lon qilinadi.

Hozirgi vaqtda Ochiq ma'lumotlar portalida 7 mingdan ortiq ochiq ma'lumotlar to‘plami va Davlat statistika qo‘mitasi web-saytida 500 ga yaqin ochiq ma'lumotlar to‘plami mavjud.

Axborot xizmati