2020-yil 13–14-fevral kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida ekologik va iqtisodiy hisob tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shma seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi Gafurova Аzima Аzamatovna ishtirok etdi.
Tadbirda Аrgentina, Аvstraliya, Armaniston, Belorus, Germaniya, Kanada, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Niderlandiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston, Ukraina, Yangi Zelandiya milliy statistika xizmatlari mutaxassislari, Yevrostat, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi vakillari ishtirok etdi.
Ushbu seminar Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti va Yevropa iqtisodiy komissiyasining 2019-yildagi qo‘shma seminar natijalari hamda tavsiyalari asosida tashkil etildi.
Seminarning asosiy maqsadi – ekologik va iqtisodiy hisob tizimini amalga oshirish bo‘yicha tajriba va bilim almashish hisoblanadi.
Seminar davomida ekologik va iqtisodiy hisob tizimini joriy etishga aloqador va ularni muvofiqlashtiruvchi xalqaro tashkilotlar faoliyati muhokama qilindi. Ekologik va iqtisodiy hisob tizimining mintaqaviy global maʼlumotlar bazasi bo‘yicha masalalar, Yevropada aylanma iqtisodiyotni, ekologik mahsulot va xizmatlar sektorini baholash uchun zarur maʼlumotlarga bo‘lgan talab ko‘rib chiqildi.
Axborot xizmati