13/02/2020

2020-yil 14-fevral kuni Davlat statistika qo'mitasida Milliy hisoblar statistikasi bo'yicha Xalqaro valyuta jamg'armasining texnik qo'llab-quvvatlash missiyasi vakili Levan Gogoberishvili bilan yakuniy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni Davlat statistika qo'mitasi Raisining birinchi o'rinbosari Bahodir Mirusmanov olib bordi.

Tomonlar missiya davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.  Muhokamaning asosiy mavzusi: har chorakda milliy hisoblarni takomillashtirish, yillik resurs jadvallarini shakllashtirish va ulardan foydalanish, har chorakda iqtisodiy statistikani tuzish bilan bog'liq dolzarb masalalarni muhokama qilish bo‘ldi.

Muzokaralar yakunida Xalqaro valyuta jamg'armasining texnik ko'magi doirasida kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli rejalari muhokama qilindi.

Axborot xizmati