Kadrlar salohiyati, ma’naviyati va ularning huquqiy madaniyati doimiy e’tibor talab etadi. Bu borada Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ko‘plab ijtimoiy, ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Joriy yil 12-fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Ish samaradorligini oshirishda vaqtdan unumli foydalanish” mavzusida navbatdagi ma’naviyat soati tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirga Toshkent moliya instituti "Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi katta o‘qituvchisi Abdumajidova Dildora Rahmatullayevna taklif etildi. U mavzu yuzasidan atroflicha so‘z yuritdi.
Ma’naviyat soatini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – kadrlar salohiyatini oshirish, ish jarayonida vaqtdan unumli foydalanish, xodimlar o‘rtasida muomala madaniyati va do‘stona muhitni qaror toptirish, rahbar kadrlar ish uslubi va boshqarish qobiliyatini takomillashtirishga ko’maklashishdan iborat.
Ma’naviyat soati davomida ishni samarali tashkil etishda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, bo‘sh vaqtni mazmunli va maroqli o‘tkazish, amalga oshiriladigan ishlar rejasini aniq va mukammal tuzish kabi masalalarda fikr-mulohaza almashildi.
Tadbir so‘ngida xodimlarni qiziqtirgan savollarga hayotiy misollar asosida batafsil javob berildi.
Axborot xizmati