Joriy yilning 5-fevral kuni Davlat statistika qo'mitasida Yevropa ta'lim jamg'armasi delegatsiyasi bilan "Turin jarayoni" loyihasi doirasida Yevropa ta'lim jamg'armasi bo'lim boshlig'i Kristin Xemshemayer bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuvda demografik o'sish, kasb-hunar kollejlari soni va qabul qilish jarayoni kabi qator masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuvda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda mehnat migratsiyasi bilan bog'liq masalalar bo‘yicha ham atroflicha so‘z yuritildi.
Uchrashuvda tomonlar kelgusida ham samarali hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib oldi.
Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.
Axborot xizmati