2020-yil 28-yanvar kuni Davlat statistika qo‘mitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo‘limi boshlig‘i Zuhra Mamadjanova va bosh mutaxassisi Mohira Kosimova Yaponiyaning Chiba shahrida (2020-yil 20–24-yanvar kunlari) bo‘lib o‘tgan xalqaro tadbir natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Taqdimotda Osiyo va Tinch okeani uchun statistika instituti, BMTning statistika bo‘limi va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida resurslar va ishlatilish jadvallari bo‘yicha tashkil etilgan mintaqaviy kurs bo'yicha ma’lumot berildi.
Ma'ruzachilar tinglovchilarni kurs maqsadlari, resurslar va ishlatilish, xarajatlar va ishlab chiqarish jadvallarini tuzishda ishtirokchi mamlakatlar tajribasi bilan tanishtirdi. Shuningdek, resurslar va ishlatilish jadvallarini tuzish jarayonida ishtirok etuvchi mamlakatlarda yuzaga kelayotgan muammo va qiyinchiliklar haqida hamda ushbu muammolarni hal qilish bo'yicha BMT Statistika bo'limi va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari rejalashtirgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
Taqdimot yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Axborot xizmati