2019-yilning 28-yanvar kuni Davlat statistika qo‘mitasiga O‘zbekistonda mehnat bozorida xotin-qizlarning rolini har tomonlama baholash yuzasidan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) byurosi mutaxassisi Yasmina Papa va XMTning xalqaro eksperti Mansur Umar tashrif buyurdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Raisining ijtimoiy statistika bo'yicha o‘rinbosari Mahmudjon Ziyadullayev XMT vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Yig‘ilishning asosiy maqsadi – gender tengligi va statistikasi, xotin-qizlar bandligi, ayollarning roli va bozor islohotlari jarayonida ularning huquqlarini himoya qilishga oid ma'lumotlarni to‘plash va qayta ishlash masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Tomonlar kun tartibidagi masalalarni muhokama qilib, barqaror rivojlanish maqsadlari, maishiy byudjetlarni hisoblash metodikasi va XMT bilan hamkorlikni kengaytirish sohasida 2030-yilgacha bajarilishi rejalashtirilgan ishlarni monitoring qilish mavzulariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.
Axborot xizmati