28/01/2020

Joriy yilning 28-yanvar kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “2019-yil yakunlari bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar” mavzusida Davlat statistika qo‘mitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich talabalarga ochiq dars o‘tib berdi.

Ochiq dars avvalida, Bahodir Begalov davlat rahbarining parlamentga qilgan murojaatnomasida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati borasida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, milliy statistika sohasida olib borilayotgan ochiqlik siyosati, statistika axborotlarining haqqoniyligi va shaffofligini ta'minlash to‘g‘risida batafsil so‘z yuritildi. Talabalarga mamlakat iqtisodiyotini shakllantirish, bugungi kunda iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Ochiq dars davomida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, tahlil etish bo‘yicha tatbiq etilayotgan yangi metodikalar, axborot kommunikatsion texnologiyalar hamda joriy yilda amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar xususida ham ma'lumot berildi.

Tadbir yakunida talabalarning qiziqtirgan savollariga Davlat statistika qo‘mitasi raisi      B. Begalov hayotiy misollar orqali atroflicha javob berdi.

 

Axborot xizmati