2020-yilning 20–24-yanvar kunlari Yaponiyaning Chiba shahrida Osiyo va Tinch okeani uchun statistika instituti, BMTning statistika bo‘limi va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida resurslar va ishlatilish jadvallari bo‘yicha mintaqaviy kurs bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kursda Armaniston, Butan, Bruney, Vyetnam, Gongkong, Gruziya, Indoneziya, Maldiv, Papua–Yangi Gvineya, Samoa, Tailand, O‘zbekiston, Fiji davlatlarining statistika xizmati vakillari qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo‘limi boshlig‘i Zuhra Mamadjanova va bosh mutaxassisi Mohira Kosimova ishtirok etdi.
Kursning asosiy maqsadi – ishtiroqchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, resurslar va ishlatilish jadvallarini tuzishda ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mazkur jadvallarni tuzishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilish usullarini o‘rganish hisoblanadi.
Kurs davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan resurslar jadvallarini tuzish, ushbu jarayonda kelib chiqayotgan qiyinchiliklar hamda kelgusidagi ishlar bo‘yicha prezentatsiyalar o‘tkazildi.
Axborot xizmati