27/01/2020

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mitada o‘tkazilgan yig‘ilishida Toshkent moliya instituti tayanch doktoranti Nuriddinov Zufar Akbarovichning 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” ixtisosligi bo‘yicha “Mintaqalar iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish va investitsion jozibadorligini statistik baholash” hamda Andijon mashinasozlik instituti mustaqil izlanuvchisi Turg‘unov Tursunboy Sabirovichning 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” ixtisosligi bo‘yicha “Aholi pul daromadlari shakllanish jarayonlarining statistik tahlili (Andijon viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarining himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Dissertatsiya himoyasini statistika va ekonometrika bo‘yicha 17 nafar yetakchi fan doktori, professorlardan  tarkib topgan himoya hay'ati a'zolari ko‘rib chiqdi.

Himoya natijalariga ko‘ra, dissertantlarga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishga qaror qilindi va Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatidan kengash qarorini tasdiqlab berish so‘raldi.

 

Axborot xizmati