23/01/2020

Hududlarda 1-KB (yillik) shaklidagi davlat statistika hisobotini o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish bo‘yicha seminarlar bo‘lib o‘tmoqda.Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminarlar ham yuqori saviyada tashkil etildi.

Poytaxtimizning Yunusobod, Chilonzor, Uchtepa, Olmazor, Mirobod, Bektemir, Sergeli tumanlarida o‘tkazilgan tadbirlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining rahbar va xodimlari ishtirok etdi. Seminarlarda 1-KB (yillik) shakldagi yillik davlat statistika hisobotini o‘z vaqtida, to‘g‘ri to‘ldirish va sifatli taqdim etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Toshkent shahar statistika boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan davlat statistika hisobotlarini sifatli to‘ldirish borasidagi mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif, uslubiy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Seminarlar davomida ishtirokchilar E-Stat 3.0 elektron dasturidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan ham batafsil tanishtirildi.

 

Axborot xizmati