21/07/2020

Joriy yilning 21- iyul kuni Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Jahon bankining yetakchi ekspertlari bilan “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasida Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan onlayn muloqot qildi.

Vebinarda Jahon banki tamonidan tavsiya etilgan savolnomalar asosida 2020- yil davomida sinov tariqasida uy xo'jaliklarida planshetlar yordamida o'tkazilgan tanlama kuzatuvlar natijalari batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, Jahon bankining ekspertlari 2021- yilda planshetlar orqali kuzatish rejalashtirilayotgan uy xo'jaligi tanlama kuzatuvi savolnomalarini takomillashtirish bo'yicha o'zining kerakli tavsiyalarini berdi.

Vebinar munozara va fikr-mulohaza almashish shaklida bo'lib o'tdi.

Axborot xizmati