21/07/2020

2020- yilning 21- iyul kuni “2022- yilda aholini ro‘yxatga olish dasturi va savolnomasi” loyihasi doirasida vebinar bo‘lib o‘tdi.


Ushbu onlayn ravishda o‘tkazilgan tadbir MDHning Statistika qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi. Vebinarda MDHning Statistika qo‘mitasi vakillari hamda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari qatnashdi.

Vebinarda MDHning Statistika qo‘mitasi raisi V.L. Sokolin 2022- yilda aholini ro‘yxatga olish dasturi va savolnomasi loyihasi tarkibidagi savollarni tahlil qilib, aholini ro‘yxatga olish savolnomasi qanday tuzilishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Shuningdek, vebinarda ishtirok etgan ekspertlar savolnomalarni to‘ldirish va qayta ishlashdagi qiyinchiliklarni inobatga olgan holda savollar ro‘yxatini qisqartirish kerakligi to‘g‘risida o‘z takliflarini berib o‘tdi.

Tadbir davomida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olish dasturi va savolnomasi loyihasini takomillashtirish yuzasidan fikr-munozaralar bildirildi.

Axborot xizmati